Kredit ta’tillari bo‘yicha bilishingiz lozim bo‘lgan qoidalar

Kredit ta’tillari bo‘yicha bilishingiz lozim bo‘lgan qoidalar

Birinchi guruh banklar taqdim etayotgan kredit ta’tilidan foydalanishda mijozlarning murojaati shart emas. Faqat karantin tugaganidan keyin bankga borib shartnomalarga tegishli o‘zgartirish kiritishingiz lozim bo‘ladi.

Ikkinchi guruh banklarga esa elektron murojaat qilish orqali (banklarning saytlarida ko‘rsatilgan) kredit kanikulini olishingiz mumkin. Bu haqda Bankir va Mijozlar telegram kanali ma’lumot bermoqda.

  • Kredit kanikullaridan foydalanish ixtiyoriy. Agar siz kreditlarni to‘lashda davom etishni xohlasangiz, bank qarshilik qilmaydi.
  • Kredit ta’tilidan foydalanishda kreditga foiz hisoblash to‘xtatilmaydi.
  • Imtiyozli davr ichida foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun jarima va penyalar hisoblanmaydi.
  • Kredit ta’tili davrida kredit foizlarini to‘lamasangiz, ta’til tugaganidan keyin ularni birdaniga (3 oylik foizni bitta qilib) to‘lashingizga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin.

Chunki banklar faqat asosiy qarz uchun imtiyoz berishmoqda, foizlar uchun emas.

  • Ta’tildan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, kredit olgan bankingizni shartlarini yaxshilab o‘qib oling. Tushunmasangiz, iqtisodchilardan so‘rab oling.

Chunki qaysidir bank kredit uchun berilgan imtiyozli davr evaziga kredit muddatini cho‘zmasdan, imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan summani qolgan davrlar uchun teng bo‘lib yubormoqda, qaysidir bank ma’lum bir muddatga bo‘lib yuborgan, ba’zilar kredit umumiy muddatini cho‘zishgan.

Ziyrak bo‘ling. Karantindan keyingi davr karantindagi davrdan qimmatroqqa aylanmasin.

  • ayrim banklar onlayn berilgan va overdraft kreditlar uchun, ayrimlar hatto mikroqarz uchun imtiyoz taqdim etmagan.
  • Ikki yoki undan ko‘p banklardan kredit olganlar, barcha banklarning ta’tilidan foydalanmang. Imtiyozli davr tugaganida eng qiynaladigan siz bo‘lasiz. Barcha banklarga borib hujjatlarni o‘zgartirishingiz va barcha foizlarni bir oy ichida to‘lashingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar