Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi

Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi

MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi (ro‘yxat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).

Xususan, quyidagilar bekor qilindi:

  • kassada ikkita: qimmatliklarni saqlash xonasi va kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi bo‘lishi zarurligi sharti;
  • binoning birinchi qavatida yoki oraliq qavatida joylashishi to‘g‘risidagi shart;
  • kassa xonalari devorlari va eshiklarining muayyan qalinlikda bo‘lishi to‘g‘risidagi shart va boshqalar.

Kassa xonalariga moddiy javobgar shaxslarning biometrik belgilariga: barmoq izi, ko‘z gavhari, tovush diapazoni va boshqalarga qarab identifikatsiya qilishga qodir bo‘lgan eshiklar o‘rnatilishi mumkin.

Bundan tashqari, kassadagi naqd pul qoldig‘ining belgilangan limitidan ortiqcha bo‘lgan qismini bankdagi hisobvaraqlarga kiritish uchun bankka topshirish tartibi to‘g‘risidagi bandga tuzatish kiritildi. Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari naqd pullarni inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishlari belgilandi. Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 noyabrdan quyidagi qoidalar amal qilmoqda: xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar naqd pulni kunlik o‘rtacha naqd pul tushum 20 BHMdan ortiq bo‘lganda har kuni, kam bo‘lganda esa o‘zlari belgilagan muddatlarda topshiradilar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar