Mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

Mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlar qatnovi qayta tiklandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 20 avgustdan mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanishini ma’lum qildi.

15 avgustdan Toshkentdan Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlariga Afrosiyob poyezdlari qatnovi, shuningdek, Toshkent — Andijon reysi qayta tiklangan edi.

Qayta tiklanadigan poyezd reyslari:

20 avgust

  • 06:05 dan Toshkent janubiy vokzalidan 92-sonli Toshkent — Andijon;
  • 14:34 dan Andijon vokzalidan 391-sonli Andijon — Buxoro;
  • 21 avgust
  • 21:04 dan Buxoro vokzalidan 392-sonli Buxoro -Andijon;
  • 22:50 dan Toshkent janubiy vokzalidan 82-sonli Toshkent — Sariosiyo;

22 avgust

  • 16:00 dan Sariosiyo vokzalidan 81-sonli Sariosiyo — Toshkent;
  • 14:30 dan Andijon vokzalidan 397-sonli Andijon — Termiz;
  • 23 avgust
  • 15:25 dan Termez vokzalidan 398-sonli Termiz — Andijon;
  • 14:34 dan Andijon vokzalidan 393-sonli Andijon -Xiva;

25 avgust

  • 13:08 dan Xiva vokzalidan 394-sonli Xiva — Andijon;

26 avgust

  • 14:34 dan Andijon vokzalidan 91-sonli Andijon -Toshkent.
  • Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Ayni vaqtda Sharq va Nasaf poyezdlari qatnovini qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deya qayd etdi kompaniya.

Yo‘lovchilar uchun niqob taqish va boshqa sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish talabi saqlab qolinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar