Maktab o‘quvchilari o‘rtasida robototexnika tanlovi o‘tkaziladi

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida robototexnika tanlovi o‘tkaziladi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT Park) IT-markazi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida "Revochain Technology" MChJ bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida "RoboTech" tanlovini o‘tkazadi.

Ishtirokchilar o‘z robotlarining imkoniyatlarini ko‘rsatib berishadi

Tanlov tuman, shahar va viloyat saralash bosqichlaridan tashkil topadi. Ularda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar finalga chiqadi va o‘z nominatsiyalarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Saralash bosqichi g‘oliblari Intro tanlov doirasida aniqlanadi, unda ular o‘z robotlarining imkoniyatlari va afzalliklarini ko‘rsatishi kerak. Ishtirokchilar o‘z roboti xaqida so‘zlab beradi va uning imkoniyatlarini namoyish etadi, hay’at a’zolarining savollariga javob beradi. Bundan tashqari, ular maxsus "X" topshiriqni bajarishi kerak, uning doirasida o‘z robotlari uchun dastur yozishi va avvaldan uning dasturiy ta’minotida ko‘zda tutilmagan funksiyalarni bajarish buyrug‘ini berishi zarur bo‘ladi.

Tanlov iyun oyida o‘tkaziladi

2020 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan tanlovning final bosqichida viloyat saralash bosqichlarining 14 eng yaxshi jamoasi ishtirok etadi. Ular shu kabi tanlovlar uchun an’anaviy hisoblangan uchta yo‘nalishning bittasi bo‘yicha bahslashadi.

Tanlovda ishtirok etish tekin

Ta’kidlash joizki, tanlovda ishtirok etish bepul. Shu sababli "RoboTech"da 8-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Buning uchun 2020 yil 29 fevralgacha http://bit.ly/robofest_uzb manzili bo‘yicha elektron anketani to‘ldirish kifoya. Tanlovning final bosqichi Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar