Markaziy bank: Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi

Markaziy bank: Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi

Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, litsenziya Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 11 apreldagi qaroriga muvofiq berilgan.

Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasi O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomaga ega bo‘lgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar