Markaziy bank: Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 156 mln dollarga kamaydi

Markaziy bank: Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 156 mln dollarga kamaydi

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 156 mln. dollarga yoki 6 foizga kamaydi.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 427 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 mln. doll. yoki 9 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2 mlrd. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116 mln. dollarga (yoki 5 foizga) kamaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar