Maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtoransportlar ro‘yxati e’lon qilindi

Maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtoransportlar ro‘yxati e’lon qilindi

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati ma’lum qilindi.

  • Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sud va prokuratura organlari shaxsiy avtotransport vositalari;
  • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning o‘rinbosarlarining xizmat avtotransport vositalari;
  • Yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
  • Xususiy tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
  • Qator qo‘mitalar, agentliklar, AJ, MChJ, DKlarga tegishli xizmat, yo‘lovchi tashuvchi (vaxta avtobuslari) va maxsus transport vositalari, tashkilotlar tomonidan tegishli ichki ishlar organlariga taqdim qilinadigan avtotransport vositalarning ro‘yxati va harakatlanish yo‘nalishi ko‘rsatilgan talabnoma asosida (ro‘yxatning 12-bandi);
  • Qishloq xo‘jaligi texnikalari.
  • Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari ro‘yxatdan chiqarilib, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari qoldirildi;
  • Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning xizmat avtomashinalari o‘rniga maxsus avtotransport vositalari;
  • Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar xizmat avtotransport vositalariga aniqlik kiritildi (ro‘yxatni 16-bandi).

Shuningdek, quyidagi avtotransport vositalarining 50 foizga qisqartirilgan ro‘yxati shakllantiriladi va ichki ishlar organlariga taqdim qilinadi (ushbu avtotransport vositalari tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida harakatlanadi):

  • yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar (yo‘lovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish maqsadida);
  • Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari;
  • aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “O‘zbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “O‘zinfokom” yagona integratori” MChJning xizmat avtotransport vositalari.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar