Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bog‘lar xatlovdan o‘tkaziladi

Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bog‘lar xatlovdan o‘tkaziladi

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4549-son, 11.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Meva-sabzavot klasteri tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra:

  • meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi mavjud bog‘ va tokzorlar xatlovdan o‘tkaziladi;
  • xatlov natijasiga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan tumanlar kesimida manzilli ro‘yxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi;
  • yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktiriladi.


Quyidagi yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar quriladi hamda ular aholiga lizing va kredit shartlari asosida beriladi:

  • qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari;
  • hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar;
  • yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlar.

Qarorga muvofiq:

  • qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;
  • uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik taqdim etiladi;
  • kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolariga subsidiyalar ajratiladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar