Mo‘ynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda

Mo‘ynoqda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda

Koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish barcha tizim vakillaridan birdamlik va hamjihatlikda harakat qilish talab etiladi.

Ushbu tamoyilga amal qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa bo‘linmlari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat o‘rnatildi. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.

Xususan, 19 iyul kuni 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman bo‘ylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o‘tkazildi. Mo‘ynoq tumanining odamlar gavjum bo‘lgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta ko‘p qavatli uylar, 5 ta ko‘cha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari ob’yektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus to‘rtta «MAN» va «ISUZU» purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari maxsus texnika va uskunalar yordamida aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish bo‘yicha keng tushinitirish ishlarini olib bordi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar