Mo‘ynoqda baliq konserva zavodi foydalanishga topshirildi

Mo‘ynoqda baliq konserva zavodi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani baliqchilikka ixtisoslashganligi tufayli davlat byudjeti hisobidan 25 mlrd. so‘m qiymatidagi investitsiya loyihasi asosida tuman markazida baliqni qayta ishlash va konservalash zavodining qurilish ishlari joriy yilning fevral oyida boshlangan edi.

Konserva zavodini qurish uchun tuman markazidan 0,56 ga. yer maydoni ajratilib, zavodning asosiy qismi metall konstruksiyalar asosida tiklandi.

Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash liniyasini tashkil qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Kaliningrad shahrining “Ribtexsentr” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar olib kelinib, ularni montaj qilish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur loyiha ishga tushirilishi bilan, korxonada yiliga 3 650 tn baliq qayta ishlanib, natijada 9 mln. dona baliq konservasi, 780 tn. baliq farshi, 400 tn. baliq filesi va 200 tn. dudlangan baliq tayyorlanadi. Zavodda 1 000 tn. baliq mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgichli omborxona mavjud.

Shuningdek, loyiha ishga tushirilishi bilan 60 ish o‘rni yaratildi.

Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, “Moynaq Akva sanoat” davlat unitar korxonasiga tumandagi umumiy maydoni 60 ming ga.dan ortiq bo‘lgan 9 ta suv havzalari biriktirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar