Namangan va Samarqandda yuqori xavfli hududga kiritildi

Namangan va Samarqandda yuqori xavfli hududga kiritildi

Namangan va Samarqand «qizil» — yuqori xavfli hududga kiritildi. Bu haqda «Koronavirus info» kanalida xabar qilindi.

Ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan «qizil» hududga kirishi e’tiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatida 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Samarqand viloyatining Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulung‘ur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari saqlab qolingani avvalroq ma’lum qilingan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar