Naqd pul muomalasini qisqartirish choralari belgilanmoqda

Naqd pul muomalasini qisqartirish choralari belgilanmoqda

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, Markaziy bank Raisi M.Nurmuratov hamda Moliya vaziri T.Ishmetov tomonidan bugun, 13 aprel kuni imzolangan qo‘shma xatda tegishli idora va tashkilotlar va tijorat banklari bajarishi lozim bo‘lgan qator vazifalar belgilangan, deb xabar bermoqda Bankers.uz kanali.

Tijorat banklari:

  • mijozlarga masofadan turib bank xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish;
  • barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlarini to‘liq bank kartalari orqali to‘lanishini tashkil etish;
  • bankomatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda ularni, jumladan dehqon bozorlari hududlaridagi bankomatlarni doimiy ravishda nakd pullar bilan to‘ldirib borish choralarni ko‘rish.

Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari:

  • ishchi-xodimlariga bank kartalari ochilgan Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya tizimidagi tashkilotlarning ish haqi to‘lovlarini to‘liq bank kartalari orqali to‘lash choralarini ko‘rish.

Xalq banki va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi:

  • pensiya to‘lovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali to‘lash, buni eng avvalo joriy yil may oyidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida to‘liq joriy etish;
  • keyingi oylardan boshlab barcha hududlarda pensiya to‘lovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali to‘lanishini ta’minlash;
  • Xalq banki tomonidan Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlaridan tegishli ma’lumotlarni olgan holda, pensionerlarga bank kartalarini ochish;
  • bank xodimlari tomonidan navbatdagi pensiya to‘lovlarini tarqatish jarayonida pensionerlarga bank kartalarini barcha sanitar talablarga rioya qilgan holda, ularning yashash manzillari bo‘yicha yetkazib berish;
  • karta egasining xohishiga ko‘ra, kartadagi mablag‘larni naqdlashtirib berish;
  • bosqichma-bosqich barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari oldida banknomatlarni joylashtirish ishlarini tashkil etish;

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va byudjetdan mablag‘ oluvchi boshqa barcha vazirliklar (shu jumladan, ular tizimidagi korxona va tashkilotlar) hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligi:

  • barcha byudjet tizimi korxona va tashkilotlari xodimlarining ish haqi to‘lovlarini to‘liq bank kartalariga o‘tkazish orqali to‘lashni tashkil etish;
  • bank kartasi ochilmagan xodimlarga 10 kun muddat ichida to‘liq bank kartalarini ochib berilishini ta’minlash, bunda, yangi ochilgan bank kartalari banklar tomonidan tegishli korxona va tashkilotlarga barcha sanitar talablarga rioya kilgan holda yetkazib berilishini ta’minlash;

Davlat Soliq qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalariga:

  • savdo nuqtalarini barcha turdagi (“Uzkard” va “Humo”) to‘lov terminallari bilan ta’minlanganligini hamda ularning uzluksiz ishlashini qattiq nazoratga olish vazifasi yuklatiladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar