Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Navoiy viloyatida ham avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Navoiy viloyati erkin iqtisodiy hududda yaqin kunlarda “Navoiy – motors” O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni endilikda Navoiyda ham yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.

“Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yo‘l tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz. Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgan zavodning barqaror ishlashi uchun soliq va bojxona imtiyozlarining yaratilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda”, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri.

Ayni paytda mazkur korxonaning qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Karantin talablari asosida quruvchi va muhandislar tunu-kun mehnat qilmoqda. Maqsad qurilish ishlarini tezda yakunlash. Hozir bu yerda sement, o‘lchov, tuproq ishlari olib borilyapti. Xullas, yaqin kunlarda NEIZ dagi korxonalar soni yana bittaga ko‘payadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Italiya, Buyuk Britaniya singari rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlikda 30 ga yaqin korxonalarda 25 dan ortiq loyihalar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Istiqbolda esa, ushbu loyihalarni 78 taga yetkazish rejalashtirilgan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar