Navoiyda servisni rivojlantirishga 30 mlrd so‘m ajratilmoqda

Navoiyda servisni rivojlantirishga 30 mlrd so‘m ajratilmoqda

Prezidentning 2020 yil 16 iyundagi "Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida Navoiy viloyatiga 30 mlrd. so‘m ajratilmoqda.

Ushbu kredit liniyasi olti oylik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasi darajasida 3 yil muddatga beriladi. Mazkur kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur ma’lumotlar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi, tijorat banklari va Savdo- sanoat palatasi rahbarlarining Navoiy viloyatida xizmatlar sohasida jadal o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish masalalarini birgalikda o‘rganib chiqish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlari davomida bayon etildi.

Ta’kidlash joizki, shu kunlarda tijorat banklari vakillari joylarda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari bilan uchrashib, kredit liniyasi maqsadini tushuntirgan holda xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalar paketini shakllantirmoqda.

Qaror ijrosi doirasida respublikamizning boshqa hududlarida ham kreditlarni xizmat ko‘rsatish sohasidagi istiqbolli loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha ishchi guruhlar faol ish olib bormoqda. Ushbu sohaga jami 1 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar