Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

20 avgust kuni O‘zbekiston tajribasida ilk bor oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlarini ochiq sport maydonlarida o‘tkazish amaliyoti «MISiS»dan boshlandi. Imtihonlar yozma tarzda «Matematika», «Fizika», «Informatika» hamda «Rus tili» fanlari bo‘yicha uch kun davomida Olmaliq shahri «Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida o‘tkaziladi. Imtihon kunlari joriy yilning 20-22 avgust kunlari etib belgilangan.

Sport majmuasining umumiy maydoni 7 ga tashkil etadi, imtihon o‘tishi rejalashtirilgan maydonning parametrlari 70 m ga 90 m ni tashkil etadi. O‘yingohga kirish joylari 5 ta, bulardan ikkitasi imtihon payti qo‘llash maqsadga muvofiq. Majmuada ikkita hojatxona mavjud. Shuningdek kirish yo‘llariga ikkita dezinfeksiya tuneli o‘rnatilish belgilangan.

Abituriyentlar bir kishidan, oraliq masofani 2 metr qilib joylashtirildi. Imtihonlarni yuqori saviyada o‘tqazilishi, karantin qoidalariga rioya etilishi, bevosita «OKMK» AJ hamkorligida, ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasi» ga asosan tashkil etildi.

Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» ning Olmalik shahridagi filiali uchun 2020-2021 o‘quv yilida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi. Filial tomonidan 2020 yilning 20 iyunidan 31 iyuligacha masofaviy tarzda 1309 nafar abituriyentlardan hujjatlar qabul qilindi, jumladan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 790 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 519 nafarni tashkil etadi.

«MISiS»ning Olmaliq filialida «Metallurgiya (metall texnologiyasi)», «Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)» hamda «Konchilik» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar