Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi

Qonunga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek, ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikatsiya qilinadi.

Shuningdek, qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi belgilanib, ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam ko‘rsatishni;
  • vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitari-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur ashyolar bilan ta’minlashni;
  • ishga joylashishda, ta’lim olishda, kasbiy jihatdan yo‘naltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam ko‘rsatishni;
  • ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarni izlashida yordam ko‘rsatishni.

Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek ko‘rilgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmasligi belgilandi.

Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar