Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank filiallariga 500 mlrd. so‘m yetkazildi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank filiallariga 500 mlrd. so‘m yetkazildi

Prezidentining PQ-4720-sonli qaroriga asosan “Agrobank”, “Mikrokreditbank” va Xalq bankiga O‘zTTJ tomonidan ajratilishi ko‘zda tutilgan 1 trln. so‘mdan, birinchi bosqichda 500 mlrd. so‘m miqdordagi resurs ajratildi hamda mazkur banklarning joylardagi filiallariga yetkazildi.

Joriy yilning 1 iyunidan:

  • mahsulotlarni yetkazib beruvchi (xizmatlar ko‘rsatuvchi) ta’minotchilar ro‘yxatini tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi (faqat naslli chorva mollari (qoramol, qo‘y, echki) yetkazib beruvchilar ro‘yxati ularning yetarlicha imkoniyatlari mavjudligi inobatga olingan holda tasdiqlanishi);
  • tuman sektori rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini o‘rgangan holda tavsiyanoma beradi;
  • bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobarigacha kredit ajratishga viloyat markazlari tomonidan xulosa berilishi talab etilmagan holda, tuman (shahar) markazlarining xulosalari asosida tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosari va tegishli bank filiali boshqaruvchisi tomonidan belgilangan tartibda ma’qullanadi;
  • kredit mablag‘lari qarz oluvchilar tomonidan erkin tarzda tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot va uskuna yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi belgilandi.

Dasturlar doirasida kreditlar tuman Markazlari tomonidan xulosalar hudud uchun belgilangan resurs mablag‘lari doirasida berilib, dastur doirasida ajratiladigan mablag‘larning:

– 70 foizi kafolatlangan yangi ish o‘rinlari yaratishni ko‘zda tutuvchi kichik va o‘rta biznes loyihalariga,

– 30 foizi ustuvor ravishda uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilish, xususan, aholining tomorqasidan unumli foydalanish hamda uy sharoitida hunarmandchilikni rivojlantirishga yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.

Kreditlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va kambag‘allikni qisqartirishda hissasi yuqori bo‘lgan (ustuvor ravishda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat hamda yangi ish o‘rinlari bilan band qilishga qaratilgan) loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishiga hamda ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va samaradorligi ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar