OKMK da sof palladiy olishga erishildi
Dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy O‘zbekistonda birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof kukun shaklida olindi.
Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metallni O‘zbekistonda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof kukun shaklida olishga erishildi. Bu haqda kombinatning axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugun dunyo bozorida 1 grammi 67 dollarga baholanayotgan palladiy ishlab chiqarish sanoati yildan yilga sohaviy tarzda takomillashib bormoqda. Bu metall asosan tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish