Onlayn inkasso yangi tartibi qanday ishlaydi?

Onlayn inkasso yangi tartibi qanday ishlaydi?

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida soliq organlari faoliyatiga IT texnologiyalarni yanada kengroq tatbiq etishga e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan, 2020 yilning 16 iyun sanasidan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining bajarilmagan soliq majburiyatlariga nisbatan soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yishda yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Davlat Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Birinchidan, inkasso topshiriqnomalari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan markazlashgan holda inson ishtirokisiz dasturiy mahsulot orqali avtomatik ravishda qo‘yiladi. Inkasso topshiriqnomasini shakllantirishda dasturiy mahsulot nimalarga e’tibor beradi:

  1. Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini bank hisobvarag‘iga taqdim etganligi;
  2. Boshqa soliq turida yuzaga kelgan soliq qarzi miqdorida ortiqcha to‘lov summasi mavjudligi;
  3. Soliqlarni to‘lash muddatlari kechiktirilganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida soliq qarzini undirish to‘xtatilganligi.

Ikkinchidan, soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ham inson ishtirokisiz avtomatik ravishda chaqirtirib olinadi. Bunda, inkasso topshiriqnomasini avtomatik chaqirib olish uchun nomzod shakllantirishda dasturiy mahsulot nimalarga e’tibor beradi:

  1. Soliq qarzi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan to‘liq to‘lab berilganligi;
  2. Soliq qarzi qonunda belgilangan tartibda to‘liq bartaraf etilganligi.

Uchinchidan, Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni to‘lash muddatidan keyingi kundan kechiktirmasdan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda ogohlantirish talabnoma yuboradi.

To‘rtinchidan, avtomatik ravishda shakllantirilgan inkasso topshiriqnomasi soliqlarni to‘lash muddatidan keyin avtomatik ravishda soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga yuboriladi.

Beshinchidan, bajarilmagan soliq majburiyati mavjud bo‘lgan barcha tadbirkorlik sub’yektlarining soliq qarzini byudjetga undirishda bir xil yondashuv ta’minlanadi.

Oltinchidan, soliq organi tomonidan soliq to‘lovchilarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini asossiz ravishda ortiqcha yechib olish holatlariga butunlay chek qo‘yiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasida soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik uchun javobgarlik belgilangan.

  1. "Hurmatli soliq to‘lovchilar!

    Soliq majburiyatlaringizni o‘z vaqtida bajarishni unutmang va albatta quyidagi tartiblarga amal qiling:

    1. Soliq hisoboti topshirgandan so‘ng shaxsiy kabinet orqali soliq qarzi yuzaga kelmaganligiga ishonch hosil qiling;
    2. Topshirilgan soliq hisoboti bo‘yicha yuzaga kelgan soliq majburiyatlariga Soliq kodeksida belgilangan to‘lov muddatidan kechikmasdan to‘lov topshiriqnomasi qo‘yilishini ta’minlang hamda soliq organi ma’lumotlar bazasiga kelib tushganligini tekshirib ko‘ring", deyiladi xabard
    a.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar