Orolga sayyohlar sonini ko‘paytirish uchun “Oroldagi bog‘im” loyihasi amalga oshiriladi

Orolga sayyohlar sonini ko‘paytirish uchun “Oroldagi bog‘im” loyihasi amalga oshiriladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Loyiha orqali sayyohlar oqimi ko‘payadi

Qarorga muvofiq, Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha uchun yer ajratiladi

Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ko‘rgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston hududidagi zaxira yer maydonlari, Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan hamda Orolbo‘yi hududidagi o‘rmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratiladi.

Markazga elitadigan transport yo‘lga qo‘yiladi

Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha bo‘lgan yo‘nalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan “Mo‘ynoq” va “Samanbay” tajriba-sinov maydonlari tashkil etilgan, shuningdek, sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l va manzarali o‘simliklar genofondi shakllantirilib, 13 turdagi o‘simlik dunyosi ob’yektlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar