OTB O‘zbekistonda avtomagistral yo‘llarni rekonstruksiya qilish uchun qarz mablag‘lari ajratadi

OTB O‘zbekistonda avtomagistral yo‘llarni rekonstruksiya qilish uchun qarz mablag‘lari ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning g‘arbiy qismidagi avtomagistrallarni rekonstruksiya qilish uchun 274,2 mln dollar ajratdi.

“Bugun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning g‘arbiy qismida 240 km avtomagistral yo‘llarni rekonstruksiya qilish uchun 274,2 mln dollar miqdorida qarz mablag‘lari ajratilishini ma’qulladi”, deyiladi bank xabarida.

Ta’kidlanishicha, mabag‘lar Qoraqalpog‘istondagi A-380 avtomagistralining 240 kilometrlik uchastkasini ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu magistrali uchastkasi ikki polosali sement-beton yo‘lga aylantiriladi.

Bundan tashqari, bank Transport vazirligiga Toshkent-Namangan yo‘lining 100 kilometrida intellektual transport tizimini o‘rnatishga yordam beradi. Tizim tablo va veb-saytlarga axborotni va ogohlantirishlarni uzatgan holda real vaqt rejimida harakatni va yo‘l sharoitlarini kuzatadi.

“OTB avtoyo‘llar tarmog‘i hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi avtomobil va temir yo‘l transporti infratuzilmasiga 1,3 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritgan”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nemis kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘l qurish bilan shug‘ullanishi xabar qilingan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar