OTMga kirish imtihonidan uchta majburiy fan olib tashlanadi

OTMga kirish imtihonidan uchta majburiy fan olib tashlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Brifingda joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmasligi haqida aytib o‘tildi.

Joriy yil OTMlarga kirish imtihonida 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi. Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

  • 1-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.
  • 2-blok - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonining o‘ziga xos jihatlari:

  • Joriy yil 1 mln 270 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirish kutilmoqda;
  • Joriy yilda hujjatlar onlayn qabul qilinadi, OTMlarda hujjatlar olinmaydi;
  • Hujjatlar 3 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat xizmatlari markazlari orqali (borgan holda);

2) my.gov.uz portali orqali;

3) DTM sayti orqali.

  • Hujjatlar kechayu kunduz 24 soat qabul qilinadi;
  • Test sinovlari 64ta binoda bo‘ladi, binolar ro‘yxati alohida e’lon qilinadi;
  • Test sinovlari joriy yilda 3 smenada bo‘ladi (o‘tgan yili 2 smenada bo‘lgan);
  • Har bir smenada 25 ming nafar abituriyeni test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi;
  • Test sinovlariga abituriyentlar maxsus tekshiruvdan o‘tkazilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi;
  • Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi;
  • Karantin sharoitida xavfsizlikka rioya qilish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kuzatuvchi sifatida test binosi atrofiga to‘planishi cheklanadi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar