OTMlarda raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet ochiladi

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o‘qish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korxonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib, o‘quv jarayoniga halqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yo‘nalish bo‘yicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yo‘nalishda ixtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar