O‘zbek gilosi Rossiya bozorlarida 7,3 AQSh dollardan sotilmoqda

O‘zbek gilosi Rossiya bozorlarida 7,3 AQSh dollardan sotilmoqda

O‘zbek gilosining ilk jo‘natmasi Rossiyaga muvaffaqiyatli eksport qilindi. Bu haqda "O‘zbekoziqovqatxolding" matbuot xizmati xabar qilmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Novosibirskga o‘zbek gilosi ortilgan birinchi yuk mashinasi kirib kelgan.

O‘zbek gilosining bir kg 550 rubldan (7,3 AQSh dollar) sotilgan va shu narxda baholanayotgan rezavor mevalarga bo‘lgan talabdan ham oshib ketgan. Chakana savdoda esa ushbu mahsulotning taxminan 1 kg uchun 13 dollardan ko‘proq baholangan bo‘lishi mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar