O‘zbekiston anorlari Koreyada donasi 4 dollardan yuqori narxda sotilmoqda

O‘zbekiston anorlari Koreyada donasi 4 dollardan yuqori narxda sotilmoqda

O‘zbekiston anorlari Koreyada. Bir donasi o‘rtacha 1 kg og‘irlik bosayotgan bu anorlar Koreyaning eng yirik tarmoq supermarketi “Emart”da sotilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bir dona o‘zbek anori 4.33 dollarga sotilmoqda. Bu yil anorlarimiz mahalliy bozorlarimizda ham doimgi narxdan biroz qimmat bo‘lishi mumkin. Oktyabr oyining boshida kutilmagan havo haroratining keskin pasayishi, anorlarning ko‘p qismining terisi yorilishiga sabab bo‘ldi. Bu esa ularni saqlanish xususiyatini bir necha barobarga kamaytiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar