O‘zbekiston benzin narxi arzonladi

O‘zbekiston benzin narxi arzonladi

2020 yil 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingandi.

Neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 3 may kunidan Ai-80 markali avtomobil benzini 4000 so‘mdan sotuvga chiqarilgan.

Bunga qadar Ai-80 markali benzin 4500 so‘mdan sotilayotgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar