O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:18 da (05.08.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 08:18 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,2 gradus shimoliy kenglik; 70,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 181 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 181 km, 3 ball.
Namangan : 113 km, 4 ball.
Andijon : 143 km, 3 ball.
Farg‘ona : 83 km, 4 ball.
Guliston : 177 km, 3 ball.
Jizzax : 255 km, 3 ball.
Samarqand : 336 km, 2 ball.
Termiz : 453 km, 2 ball.
Qarshi : 458 km, 2 ball.
Navoiy : 464 km, 2 ball.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar