O‘zbekiston joriy yilda qancha oltin sotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekiston joriy yilda qancha oltin sotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

2020 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 2,1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shuningdek, 2019 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish 101,4 foizni tashkil etgan. 2020 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 33,8 foizga teng bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar