O‘zbekiston o‘riklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda

O‘zbekiston o‘riklari 9 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinmoqda

Ayni kunlarda yurtimizning turli hududlarida yetilib pishgan mevalar xorijiy mamlakatlarning savdo rastalaridan o‘rin olmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi statistik ko‘rsatkichlar asosida o‘rik mevasining qaysi xorijiy mamlakatlarda eksport qilinayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan o‘rik mahsuloti bo‘yicha ma’lumotida jami 11,2 ming tonna 10,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan o‘rik mevasi 9 ta xorijiy mamlakatlar bozoridan joy olgan.

Mazkur mamlakatlar orasida:

  • Qozog‘iston 6 ming tonna,
  • Rossiya 3,6 ming tonna,
  • Qirg‘iz Respublikasi 1,2 ming tonna
  • Birlashgan Arab Amirliklari 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

Shuningdek, joriy yilda o‘rik mevasi Ozarbayjon, Gruziya va Turkmaniston davlatlari bozorlarida ham sotila boshlanganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rik mevasining eksporti 1,3 ming tonnaga oshgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar