O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020 yil iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qildi.

"So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi iyun oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi davomida Rossiyaga oliy darajadagi tashrifni iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshirishga kelishib olgan edik", degan Ne’matov.

Ta’kidlanishicha, Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi juda qizg‘in kechadi. Xususan, tashrif doirasida mintaqaviy forum, ta’lim forumi va media forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Undan tashqari Moskvadagi VDNX bog‘ida joylashgan, yaqinda ta’mirdan chiqqan "O‘zbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar