O‘zbekiston Rigaga 18 tonna qovun eksport qildi

O‘zbekiston Rigaga 18 tonna qovun eksport qildi

Joriy yilning 23 iyun kuni Sirdaryoning Mirzaobod tumanidan, Latviyaning "LB" LLC korxonasiga yuk ortilgan katta fura jo‘nab ketdi. Bu haqda Eksportchilar uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yuk mashinasiga ortilgan 18 tonna qovunlar, “Red Pak” eksport korxonasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, mahsulot viloyat hududida yetishtirilgan.

Mazkur korxona bugungacha Yevropa davlatlariga qovun va qovun maxsulotlari “ROMAS” brendi ostida eksport qilib kelmoqda. Ayni paytda korxona Mirzaobod tumanidagi 4 gektarlik yerni 0 qiymatda olib, 5 mlrddan oshiq investitsiya kiritdi va 2400 kv metrlik xolodilnik+muzlatgich qurishni boshladi.

Bugun uning 1400 kv metrli sovutgichi tayyor. Rigaga jo‘nagan qovunlar ham aynan ushbu sovutgichda texnologik sxema asosida qayta ishlab, qadoqlangan. Korxona Latviya, Germaniya va Belarusiyaga eksport qilish uchun qovunlarning keyingi partiyasini tayyorlamoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar