O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Rossiya yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollargacha oshirishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Moskvaga xizmat safari chog‘ida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Moskvada Umrzoqov Rossiya Bosh vazirning o‘rinbosari Aleksey Overchuk, sanoat va savdo vaziri Dmitriy Manturov va iqtisodiy taraqqiyot vaziri Mixail Reshetnikov bilan uchrashdi.

2019 yilda o‘zaro savdo hajmi 6,63 milliard dollarni tashkil etdi va bir yil oldingiga nisbatan 15,6 foizga o‘sdi. O‘tgan yili O‘zbekistonga 1,3 milliard dollar (shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri - 650 million dollar) rus sarmoyasi kiritilgan, 2020 yilning birinchi choragida esa - 329,5 million dollar investitsiya qilingan, 2020 yil yakunlariga ko‘ra 1,5 milliard dollarlik Rossiya sarmoyasi o‘zlashtirilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, investitsiya sohasida sheriklik, savdo aylanmasini ko‘paytirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirishning samarali mexanizmi sifatida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga alohida urg‘u berishga kelishib olindi. Shu nuqtai nazardan, Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan II Mintaqalararo hamkorlik forumi va «Made in Uzbekistan» Milliy mahsulotlar ko‘rgazmasiga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar