O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana ko‘tarildi

O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana ko‘tarildi

2020 yil iyunning ikkinchi yarimi holatiga ko‘ra, “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur’atiga ta’siri”ni e’lon qildi. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 8 foizga ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda internet tezligi esa, 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi Mobile Speed Change) esa 16 foizga ko‘tarilgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga o‘sgan. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s. bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020 yil 15 iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s. gacha ko‘tarildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar