O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham bor

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham bor

17 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda koronavirus yuqtirgan bemorlar haqida ma’lumotlar berildi.

Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlarning:

  • 52 nafari uy bekasi;
  • 20 nafari maktab o‘quvchisi;
  • 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili;
  • 20 nafari ishsiz.

"Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuviga, qolaversa, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning karantin maskani joylashgan manzilga ham bevosita bog‘liq.

Shuning uchun biz tumanlarda kasallanganlar soni qayd etilishiga qarab turib, bizning tumanimizda kamroq yoki boshqa tumanda ko‘proq ekan degan fikrga borishimiz kerak emas", dedi Almatov.

Bemorlar orasida 60 yoshdan katta yoshdagilar 32 nafarni, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar 28 nafarni, 30-39 yoshdagilar 82 nafarni, 20–29 yoshdagilar 88 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek, bemorlarning 7 nafari 1 yoshgacha, 3 nafari esa 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar