O‘zbekistondagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar yopildi

O‘zbekistondagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar yopildi

O‘zbekistondagi ikkita yirik shakar ishlab chiqaruvchi zavod – «Angren shakar» MChJ va «Xorazm shakar» MChJlar joriy yilning 4 iyulidan e’tiboran rasman ish faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.

“Angren-shakar” MChJ matbuot xizmatining bildirishicha, bunga xomashyo zaxirasining tugaganligi sabab bo‘lgan.

“Xorijiy hamkorlar xom ashyo yetkazib berishni to‘xtatdi, boisi shakar zavodlarimizning bankrotlik yoqasiga kelib qolganidir. Chunki ikki korxona omborlari tayyor mahsulot bilan to‘lib bo‘ldi. Mahalliy shakar ishlab chiqaruvchilarimiz bozordagi raqobatga bardosh bera olmayapti. Bozorlarni import shakar egallab bo‘ldi”, dedi u.

Qayd etilishicha, joriy yilda import shakarga o‘rnatilgan bojxona boji va aksiz solig‘i bekor qilinishi natijasida mahalliy bozor nisbatan arzon narxdagi Rossiya shakari bilan to‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu korxonalarda 2 ming nafardan ziyod xodim mehnat qilayotgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar