O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish ko‘paydi

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish ko‘paydi

O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida 300,2 million dollarlik yengil avtomobillar import qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.

2020 yilning fevralida avtomobillar importi keskin qisqargan edi. Xususan, yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019 yil yanvar oyiga qaraganda 28,4 million dollarga kam.

Bunday keskin qisqarishga 2019 yilda narxi 40 ming dollardan ortiq bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda bo‘lgani va 2020 yilning 1 yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab bo‘lgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar