O‘zbekistonga yarim yil ichida 916 mln dollarlik “inomarka”lar import qilindi

O‘zbekistonga yarim yil ichida 916 mln dollarlik “inomarka”lar import qilindi

O‘zbekistonga yanvar—iyun oylarida jami 916 million dollarlik aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalar import qilingan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 467,6 million dollar sarflangan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaning xabar berishicha, 2020 yilning yanvar—iyun oylarida import hajmi 9 570,4 million AQSh dollarini va 2019 yilning mos davriga nisbatan 85,0 foizni tashkil etgan. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,1 foiz), sanoat tovarlari (16,8 foiz) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (13,7 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Avtomobillar, asosan, yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 239,1 million dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 759,8 million dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovoz yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 282,2 million dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari uchun 310,9 million dollar sarflangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar