Yetti oyda chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etdi

Yetti oyda chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etdi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar—iyul oylari uchun O‘zbekistonning chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasiga oid ma’lumotlarni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha yanvar—iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trillion so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga kamaygan.

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18,8 trillion so‘mni (o‘sish sur’ati 23,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 84,6 trillion so‘mni (7,3 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 6 trillion so‘mni (37,1 foizga kamaydi) tashkil etgan.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘sish sur’atlari kuzatilgan. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 81,8 foiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga va 18,2 foiz yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2019 yilning yanvar—iyul oylariga nisbatan respublikaning Farg‘ona (94,5 foiz), Namangan (93,8 foiz), Sirdaryo (93,6 foiz), Xorazm (89,4 foiz) va Surxondaryo (88,5 foiz) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining kamayish sur’atlari kuzatilib, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati (100,7 foiz) va Toshkent shahrida (103,3 foiz) qayd etilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar