"O‘zdonmahsulot" bir qop un narxini 125 ming so‘m etib belgiladi

Aholining un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tizim korxonalari tasarrufida bo‘lgan zamonaviy energiyatejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan 52 ta tegirmon sexlarida har kuni 6000 tonnadan ortiq un ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda tizim korxonalari omborlarida 32 ming tonnadan ortiq un zaxiralari bor va ehtiyojdan kelib chiqib ishlab chiqarish xajmlarini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Hukumat topshirig‘iga asosan, "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming so‘m qilib belgilandi.

Bundan tashqari, tizim korxonalari omborlarida respublikamiz aholisining un mahsulotiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun yetarli miqdorda don zahiralari mavjud.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar