Pandemiya bo‘lishiga qaramay xorijdan O‘zbekistonga 485 million dollar yuborilgan

Pandemiya bo‘lishiga qaramay xorijdan O‘zbekistonga 485 million dollar yuborilgan

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2020 yil may oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi oldingi oyga nisbatan keskin oshgan.

Yanvar-aprel oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali O‘zbekistonga tushgan valyuta mablag‘lari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 161 million AQSh dollariga (11%) kamayib, 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.

Pul o‘tkazmalari joriy yilning yanvar oyida 400 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, aprelda 250 million dollarga kamaydi.

May oyida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali 485 million dollar yuborilgan bo‘lsa, aprel oyida bu ko‘rsatkich 235 million dollarni tashkil etdi.

Bu jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish hajmiga katta ta’sir ko‘rsatdi. May oyida aholi tomonidan xorijiy valyutani sotish hajmi ikki baravar ko‘paydi va xarid hajmi aprel oyiga nisbatan uchdan bir qismga kamaydi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30-35 foizga pasaygan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar