Parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lgan saylovlar natijasini O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga

O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan 43 nafar, parlamentga eng ko‘p deputat saylangan partiya bo‘ldi.

O‘zbekiston "Miliy tiklanish" demokratik partiyasidan 35 deputat saylandi.

O‘zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasi 21 deputat saylandi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 18 deputat saylandi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 11 deputat saylandi.

Ushbu saylovlarni 1150 nafar xorijiy OAV vakillari kuzatib bordi. 22 ta saylov okrugida esa takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar