Pensiya yoshi uzaytiriladimi? Ushbu mavzu yuzasidan Moliya vaziri izoh berdi

Pensiya yoshi uzaytiriladimi? Ushbu mavzu yuzasidan Moliya vaziri izoh berdi

O‘zbekistonda ayni paytda pensiya yoshini uzaytirish ko‘zda tutilmagan. Bu haqda Moliya Vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Twitter'dagi sahifasida munosabat bildirdi.

"So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim. O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan. Ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil ma’lumot beriladi", deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, “pensiya yoshi uzaytirilishi mumkin”, degan ma’lumotlar pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonidagi muhokamalardan keyin boshlangan edi. Ushbu konsepsiya Moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020 yil 1 aprelga qadar yakunlanishi belgilangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar