Polsha Hukumati O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilmoqchi

Polsha Hukumati O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilmoqchi

O‘zbekiston Polshaga mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritish taklifi bilan chiqdi.

Taklif O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning Polsha Oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri M.Malag bilan uchrashuvida bildirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston uchrashuvda taqdimot o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni O‘zbekistonning ishchi kuchi salohiyati, respublikaning demografik tendensiyasi, mehnat bozorining hozirgi holati, ishchi kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil taqdimot o‘tkazdi.

Nozim Husanov Hukumatlararo bitim imzolash taklifini berdi

Shuningdek, Nozim Husanov O‘zbekiston fuqarolarini Polsha Respublikasiga noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olish uchun O‘zbekistonni Polsha mehnat bozorida ishtirok etishda yengillashtirilgan imkoniyatlar berilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritish orqali, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish maqsadida Hukumatlararo bitim imzolash taklifini bergan.

Polsha parlamenti migratsiya siyosatini tartibga soluvchi qonun ishlab chiqmoqda

M.Malag Polsha Hukumati xorijiy mamlakatlar, xususan, O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bilan qarayotganini alohida ta’kidlagan.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Polsha parlamenti tomonidan migratsiya siyosatini tartibga soluvchi qonun hujjati loyihasi muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan berilgan takliflar tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etishda asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar