Prezident O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Prezident O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Xorij mamlakatlaridagi va og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha aviareyslarni tashkillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda O‘zbekistnon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Komissiya O‘zbekistonga parvoz qiladigan quyidagi charter reyslar grafigini tuzib chiqdi:

  • 21 mart kuni Moskva shahridan (Rossiya) soat 03:30da; Deli shahridan (Hindiston) soat 17:30da;
  • 22 mart kuni Kuala-Lumpur shahridan (Malayziya) soat 04.30da; Moskva shahridan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 06:00da va Novosibirsk shahridan (vaqti aniqlashtirilmoqda);
  • 23 mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 02:00da;
  • 24 mart kuni Djakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:00da;
  • 26 mart kuni Bangkok shahridan (Tayland) soat 01:00da.

Boshqa mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish davom etadi.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga ko‘ra 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar