Putin bugun koronavirusga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida xabar berdi

Putin bugun koronavirusga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida xabar berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi.

“Menga ma’lum bo‘lishicha, bugun ertalab dunyoda birinchi yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi”, degan Putin hukumat a’zolari bilan yig‘ilishda.

U koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib borganlarga minnatdorchilik bildirgan va bu butun dunyo uchun muhim qadam ekanini qayd etgan.

Vaksina sinovida Putinning qizlaridan biri ham ishtirok etgan va bir kunda uning tana harorati 38 dan 37 ga tushgan.

Dastlab vaksina avgust oyidan boshlab tibbiyot xodimlariga qo‘llanadi, 1-yanvardan boshlab ommaviy vaksinatsiya ishlari boshlanadi.

Shuningdek, Putin hukumatga bepul vaksinatsiya o‘tkazish va aholining 60 foizini kuz-qish mavsumi oldidan grippga qarshi emlashga ko‘rsatma bergan.

Grippga qarshi emlashda xavf guruhiga kiruvchi 75 foiz odam qamrab olinishi kerakligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Putin vaksinatsiya qilish jarayonida ixtiyoriylik prinsipini unutmaslikka chaqirdi. Prezident vaksina olish odamlarning o‘z xohishi ekanini, ammo keyin ular o‘zi va oila a’zolari salomatligi uchun javobgar bo‘lishini aytib o‘tgan.

Dastlab vaksina avgust oyidan boshlab tibbiyot xodimlariga qo‘llanadi, 1 yanvardan boshlab ommaviy vaksinatsiya ishlari boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksina Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan. Uning sinovida qatnashgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar