Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk marta eksport qilindi

Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk marta eksport qilindi

Qashqadaryoning chillaki S1 sariq tarvuzlari ilk bor eksport qilindi. Joriy yil respublikamiz vohasida “Sunny Land Export” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilgan mazkur noodatiy tarvuz yaxshi hosil berdi va ilk partiya ya’ni, 4 tonnani Rossiya import qildi.

Gollandiya navi bo‘lgan bu sariq tarvuzlar nafaqat ko‘rinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga o‘xshash. Ta’mi a’nanasga yaqin.

Riga va Rossiyalik importchilar talabiga muvofiq ekib yetishtirilgan ushbu poliz ekinlari, oddiysiga qaraganda tezpishar. Dehqonlar odatiy tarvuzlarning hosilini 90 kun kutishsa, bu nav 65 kunda tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari alohida o‘g‘itlar bilan ozuqalantirishni talab qiladi va oddiysiga nisbatan kam sug‘oriladi. Mazkur chillaki S1 sariq tarvuzlar kiloggrami xorijga 55 sentdan eksport qilindi. Keyingi partiya Riga uchun hozirlanmoqda. Shu hafta so‘ngiga qadar bunday noodatiy tarvuzlar mahalliy bozorlarimizga kiloggrami o‘rtacha 3,5-4,5 ming so‘mdan chiqarilishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar