Qishloq xo‘jaligida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

Qishloq xo‘jaligida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

Qishloq xo‘jaligida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi, deb xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati.

Tarmoqni rivojlantirish uchun joriy yilning iyul holatida 1 128 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 7,4 ming fermer xo‘jaligida ko‘p tarmoqlilik yo‘lga qo‘yildi. Buning ortidan 23,7 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Qisqa fursatda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari 6,6 ming gektar intensiv bog‘, 3,2 ming gektar tokzor va 362 gektar maydonda issiqxonalar barpo etdi.

Shuningdek, 64 ta fermer xo‘jaligi meva-sabzavot, sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash, 135 ta xo‘jalikda non va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 76 ta fermer xo‘jaliklari sovutkich omborxonalari barpo etdi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining 21 mingdan ortig‘i ya’ni 37 foizi onlayn reyestrga kiritilgan. Bu borada Buxoro, Andijon, Xorazm va Surxondaryoda samarali ishlar tashkil etilgan. Ammo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida bu borada oqsashlar kuzatilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar