Quvayt O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi

Quvayt O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi

21 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAITF) bosh direktori o‘rinbosari Marvon Abdulloh al-Ganim bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan QAITF o‘rtasida COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

QAITF bosh direktori o‘rinbosari O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakatdagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun 5,6 mln AQSh dollari miqdoridagi fond mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Tomonlar, shuningdek, fondning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq joylarda turar-joy binolarini qurishda, suv ta’minoti tizimini yaxshilashda va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda ishtirok etish masalalarini muhokama qilishdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar