Ravon Qozog‘istonda yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchiligini egalladi

Ravon Qozog‘istonda yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchiligini egalladi

Qozog‘iston avtomobil bozorida iyunda sotuvlar o‘sishi 2019 yilning shu davridagiga qiyoslaganda 36,7 % tashkil qildi. Bozorda yetakchilikni Ravon qo‘ldan bermay kelayotir – brend 2020 yil ikkinchi choragida yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchi pog‘onasini egalladi. Yanvar-iyun oylari natijalariga ko‘ra, avtomobillar sotuvi o‘tgan yildagiga qaraganda 369 donadan 4 195 donaga yetgan. Uchta eng jo‘shqin o‘sish ko‘rsatganlar ichida Chevrolet ham bor – 612 dona (+33%).

Yengil avtomobillar modellari kesimida ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha Ravon R3 yetakchilik qilmoqda – 2 041 dona sedan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida aynan Ravon Nexia R3 Qozog‘istonda sotiladigan yengil avtomobillar top-10taligida birinchi o‘rinda turgandi – o‘shanda mamlakatda 1007 dona model sotilgan.

Jami o‘tgan yilda Qozog‘istonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 avtomobillari sotilgan. Ravon bozorda yetakchilik qiluvchi brendlar TOP-5taligiga kirgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar