Respublika Maxsus komissiyasi: Bog‘cha, maktab va o‘quv kurslariga bo‘lgan cheklov o‘z kuchida qoladi

Respublika Maxsus komissiyasi: Bog‘cha, maktab va o‘quv kurslariga bo‘lgan cheklov o‘z kuchida qoladi

Koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilgan zahoti, MTTlar faoliyati tiklanadi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar